YangilikNashr
“Action steps” freymvorki DESIGN 2024 konferensiyasida chop etildi
Prof. KwanMyung Kim bilan hammualliflikda yozilgan “Introducing a framework to translate user scenarios into engineering specifications with "action steps"” maqolamiz Xorvatiyaning Cavtat shahrida boʻlib oʻtgan 18-Xalqaro dizayn konferensiyasi – DESIGN 2024 materiallari sifatida Proceedings of the Design Society toʻplamida (4-jild, 23–34-betlar) chop etildi.
Freymvork ssenariyni uch bosqichda spetsifikatsiyaga aylantiradi: avval foydalanuvchi ssenariysi harakat qadamlariga (action steps), yaʼni foydalanuvchi va mahsulot harakatlarining aniq juftliklariga ajratiladi, soʻngra ular asosida funksional talablar va muhandislik spetsifikatsiyalari shakllantiriladi. Harakat qadamlari ssenariylarda odatda yashirin qoladigan mahsulotga oid maʼlumotlarni ochiq ifodalash imkonini beradi.
Freymvork dastlab Lemmy hamroh-parvarish roboti loyihasida 28 nafar dizayner va muhandisdan iborat jamoa bilan ishtirokli kuzatuv (participant observation) orqali sinovdan oʻtkazildi. Kuzatuv natijalari fanlar oʻrtasida oʻzaro tushunish yaxshilanganiga va axborotdagi boʻshliqlar kamayganiga ishora qildi. Keyinchalik freymvork Scenario-Oriented Specification (SOS) metodiga aylantirildi.